Samarqanddan Toshkentgacha yangi 500 kV elektr uzatish liniyasi qurilmoqda
O‘zbekistonda Samarqand viloyatining Nurobod tumanidan Toshkent viloyatidagi Halqa podstansiyasigacha yangi 500 kV elektr uzatish liniyasi qurilmoqda.
Uzunligi 350 kilometr bo‘lgan liniya Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hududidan o‘tadi. Loyiha Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan hamkorlikda Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan yirik energetika loyihasining bir qismi hisoblanadi.











