Qozog‘istonda AI va kreativ industriyalar uchun $50 mlnlik fond tuziladi
Qozog‘istonning Dasco Capital investitsiya kompaniyasi va Qazaqstan Investment Corporation (QIC) AI, raqamli texnologiyalar va kreativ industriyalarga yo‘naltiriladigan $50 millionlik Tolqyn AI Venture Fund bo‘yicha strategik hamkorlik kelishuvini imzoladi.
Fond mablag‘larining 50 foizi Qozog‘iston, Markaziy Osiyo va Kavkazdagi loyihalarga, qolgan qismi esa global bozorlardagi startaplarga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Mintaqaviy portfelning asosiy bozori Qozog‘iston bo‘ladi.











