Meta’ning Muse AI-agenti AQSh App Store’da 1-o‘ringa chiqdi
Meta’ning Muse AI ilovasi AQSh App Store’ining bepul ilovalar reytingida 1-o‘ringa chiqib, ChatGPT’ni ortda qoldirdi.
2026-yil 8-sentabrda ishga tushirilgan Muse dastlabki kunlardanoq tez ommalasha boshladi. Ilova ilk 12 kun ichida AQSh va Kanadada 1,8 millionga yaqin yuklab olingan.
Shu davrda ChatGPT’ning yuklab olishlari taxminan 1,3 millionni tashkil qilgan.











