Qirg‘iziston ilk milliy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
Qirg‘iziston ilk bor o‘zining milliy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi.
1-oktabr kuni 5 kilogramm og‘irlikdagi nanosun’iy yo‘ldosh Kaliforniyadagi Vandenberg kosmik bazasidan SpaceX’ning Falcon 9 raketasi yordamida orbitaga olib chiqildi. Sun’iy yo‘ldoshni yaratish ustida qariyb 2,5 yil davomida 10 nafar qirg‘izistonlik muhandis ishlagan.
Loyiha qiymati taxminan 130 ming dollarni tashkil etgan.











