SAFE shartnomasi va convertible note nima? Investor bilan toʻgʻri kelishuv tuzish
Startapning dastlabki bosqichlarida (Pre-seed va Seed) kompaniyaning aniq narxini (Valuation) belgilash juda qiyin boʻladi.
Baholash ustida oylarcha tortishib vaqt yoʻqotmaslik uchun investor va startapchilar konvertatsiya qilinuvchi investitsiya shartnomalaridan foydalanishadi. Buning eng ommabop usullari — SAFE va convertible note hisoblanadi.











