Vesting va cliff nima? Hamasoschilar oʻrtasida ulushlarni taqsimlash
Startap tuzishda eng koʻp tarqalgan xatolardan biri — birinchi kundanoq barcha hamasoschilarga (co-founders) kompaniya ulushini 100% bir vaqtda egalikka berib qoʻyishdir.
Masalan, ikki hamasoschi kompaniyani 50/50 qilib boʻlishib oladi. 3 oydan soʻng ulardan biri loyihani tashlab ketadi, lekin 50% ulush uning qoʻlida qolaveradi.











